Категории
Узбекский Голливуд
Санаторий Мерсиан

На главную Улугбек Рахматуллаев - Ulug'bek Rahmatullayev

Улугбек Рахматуллаев - Ulug'bek Rahmatullayev


  • Всего переходов: 29606
  • Дата регистрации: 09-10-2010
  • (65 голосов)
  • Город / Район:Ташкент
  • Видео:Видеоролики  [0]
  • Сообщить другу

  • Пожалуйста, сообщите, что нашли информацию на сайте BAZM.uz, нам это важно!

Улугбек Рахматуллаев - Ulug'bek Rahmatullayev

Ulug'bek Rahmatullaev Ibrohimovich 1982 yil 29 yanvar Toshkent shahrida, eski shaharda ziyolilar oilasida tavallud topgan. Oilada 5ta farzand: 3 o'g'il, 2 qiz. Ulug'bek oilada uchinchi farzand. Bog'cha paytida yosh Ulug'bek yurtimiz nashrlaridan birida namoyon bo'lgan. Balki o'sha davrlarda Ulug'bek Rahmatullaevning ilk yulduzlik yurishi boshlangandir. Buni qarangki, Ulug'bek bog'cha paytida qizlardan tashkil topgan "musiqiy guruh"ga "rahbarlik" vazifasini o'tagan. 1989 yil birinchi sinfga Yunus obod tumanidagi 265-maktabga borgan. 3-sinfdan e'tiboran istiqomat manzili o'zgarganligi sababli Nazarbek dahasidagi 8-maktabga ko'chib o'tgan. Maktab davridanoq Ulug'bekda musiqaga bo'lgan qiziqishi ko'rinib turardi. Jumladan, musiqiy fanlarda a'lo baholar bilan tahsil olgan. 6-sinfdan boshlab, 129-maktabga navbatdagi ko'chishga to'g'ri kelgan. 9 sinfni esa Chilonzor tumanida joylashgan Alisher Navoiy nomidagi "Nafis san'at" litseyida davom ettirishni boshladi. 1998 yilga kelib yana Nazarbek dahasidagi 8-maktabga qaytib kelgan. Ulug'bekning maktabni ko'p almashtirganligining sababi u yaxshi o'qimaganligida emas, balki sho'xligidadir.

1999 yil Ulug'bek o'z kuchi bilan Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutiga tarix fakultetiga o'qishga kiradi. Institutda tahsil olib yurgan kezlari Ulug'bekning yoshligidagi orzularidan biri ushalgan. Bu ustozi Farruh Badalboev bilan tanishish edi. Ilk qo'shig'ini 2000 yilda "Tarona Records" studiyasida yozgan. Qo'shiq nomi "Bu alam" edi. Ustozi Farruh Badalboev bilan ko'p yillik mehnat orqali professional darajada ishlashni o'rgandi. Farruh Badalboevning Ulug'bekka ilk taqdimi "Yorim" taronasi bo'lgan. Bu tarona deyarli 9 oy davomida ishlangan.

Ulug'bek Rahmatullaev 2006 yil "Zamin FM" radiosi bosh muharriri Oybek Aliev bilan tanishgan va u inson sabab "Pan terra" studiyasi bilan ilk marotaba shartnoma tuzgan.

2007 yil 6-7 may kunlari Ulug'bek do'sti Sardor Rahimxon bilan Xalqlar do'stligi (hozirgi "Istiqlol") san'at saroyida "Yaqinlarimga" deb nomlangan konsert dasturini taqdim etgan.

2007 yil avgust oyida muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug'anievich Karimov tomonidan yoshlarni qo'llab quvvatlash maqasadida ta'sis etilgan "Nihol" davlat mukofoti sovrindori bo'lgan. 2007 yil oxirida esa "M&TVA-2007" taqdimotida "Yilning eng yaxshi erkak xonandasi" va "Yilning eng yaxshi klipi" mukofotlari bilan taqdirlangan. Shuningdek, ko'plab boshqa mukofotlar sovrindori bo'lgan.

2010 yil 24-mayda oila qurdi. Shu yilning 25 sentyabr sanasida esa "Kapalak" nomli ilk yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan.

Shu o'tgan vaqt mobaynida 2006 yil "Sevma", 2008 yil "Sen ketding", 2010 yil esa "Kapalak" nomli audio albomlarini muxlislariga taqdim etgan. Undan tashqari "Yaqinlarimga" va "Kapalak" deb nomlangan konsert dasturlarining videolarini ham keng omma e'tiboriga tortiq etgan.



Публикации  [0]
Объявления  [0]
Отправить сообщение
Печать
http://www.rahmatullaev.com
Получить код рейтинга


Фото  [4]
Галерея:

Улугбек Рахматуллаев - Ulug'bek RahmatullayevУлугбек Рахматуллаев - Ulug'bek RahmatullayevУлугбек Рахматуллаев - Ulug'bek RahmatullayevУлугбек Рахматуллаев - Ulug'bek Rahmatullayev

shahruz
Нейтральный

Добавлен: 31-07-2014 [id=1389]

Assalomu alaykum ulugbeaka


Бахтияр
Нейтральный

Добавлен: 12-07-2014 [id=1372]

Ассаламалейку сизни кошкларингиз жудаям зор сизни тойингизда ким слай шоу озвучиват килган


Гуломжон Инатович
Нейтральный

Добавлен: 03-06-2014 [id=1321]

Ассалому алайкум улугбек ман сизни жудаям кушикларизди яхши кураман дунёда энг кучли кушикчи деб айтоламан сизни шунчалар кушикларизди яхши кураман Оллох насиб этса 2015 йил октябрда туй килмокчиман сизни туйга чакириш орзуйим аммо берок туйга сизни чакиришга кучим этадими деб хар доим уйлайман Оллохдан сизга узок умур бахт саодат тилайман


Хуснидабону
Нейтральный

Добавлен: 20-04-2014 [id=1240]

Просто супер так держать!!!Я тебя очень люблю


мадиночка
Нейтральный

Добавлен: 11-03-2014 [id=1187]


улугбек ака ильтимос никох туйингизни топа олмаяпмиз булса интернетга ташланг




для:     Улугбек Рахматуллаев - Ulug'bek Rahmatullayev
Ваше имя: *  
Ваш email (необязательно):     
Ваш телефон (необязательно):     
Отзыв: *  
  символов осталось.
Код безопасности: *  


Кабинет
Ноутбуки в Ташкенте. Купить ноутбук в Ташкенте

Мой блокнот (0)

Популярные
Райхон Ганиева - Rayhon Ganieva
Просмотров: 184575
Севинч Муминова - Sevinch Mo'minova
Просмотров: 139508
Келин либослари - Kelin liboslari
Просмотров: 101112
Нилуфар Усманова - Nilufar Usmonova
Просмотров: 79740
Опрос
Лучшие артисты 2014 года
Алишер Файз
Амира Алибекова
Анвар Санаев
Ботир Кодиров
Гулсанам Мамазоитова
Жасур Умиров
Зиёда
Лола
Мадина Мумтоз
Манзура
Махмуд Номозов
Муниса Ризаева
Нилуфар Усманова
Огабек Собиров
Озода Нурсаидова
Озодбек Назарбеков
Ойбек ва Нигора
Райхон
Сардор Рахимхон
Севара Назархон
Улугбек Рахматуллаев
Фаррух Соипов
Фарход ва Ширин
Феруза Жуманиезова
Шахзода
Шохруххон
Юлдуз Усманова
другие